Ko’zlardagi “unitilgan” charchoqlar
Ko’rish deganda asosan ko’z organini tushunamiz. Lekin ko’zdagi retina — yorug’lik fokusda yig’iladigan qism, miyaning bir bo’lagidir. Miyamizning bir qismi optik nervlar orqali ko’z soqqasiga bog’langan.
Ko’zoynaklar miyamizdan, uning 30%ini tashkil qiluvchi vizual korteksidan, ‘ko’z soqqasi o’sishi’ simptom(alomat)ini yashiradi. Oldingi maqolada ertalab 20 daqiqa ko’zoynak taqmasi yurish mashqi bizning miyamizga ushbu yashiringan, yoki unitilgan muammoni eslata boshlaydi. Ko’rishning asosiy qismi miya bilan bog’liq bo’lgani uchun, ko’rishni yaxshilash borasida faqat ko’z bilangina emas, miya bilan ham shug’ullanamiz. Ertalabki 20 daqiqa ko’zoynaksiz narsalarga e’tibor bilan qarash, undan keyin esa ko’zoynak orqali tiniq ko’rishni mashq qilishni odatga aylantirishimiz zarur. Ko’zning zo’riqishi, yomonlashishi simptomlarini yashirish o’rniga bu va boshqa mashqlar orqali sekinlik bilan miyamizga ularni ko’rsatib , juda oz miqdordagi to’g’irlashlar orqali ko’rish qobiliyatini yaxshilab boramiz.
Umuman ko’zoynak taqmay yurish hech qanday foyda keltirmaydi. Balki kerakli masofada to’g’ri ko’zoynakni tanlash kerak bo’ladi. Buni sekinlik bilan o’rganamiz.
Yuqoridagi ma’lumotlarni tushunish sizga biroz qiyin bo’layotgandir. Avval o’qimagan bo’lsangiz, yoki esingizdan chiqqan bo’lsa miyopiya to’g’risidagi batafsil kursni o’qib o’rganib chiqishing. Bu maqolani yaxshi o’rganmaguningizcha keyingi maqolaga o’tmang. Muammoni yechishdan oldin uni to’g’ri anglash juda muhim.
Keling ko’zoynaklar qanday qilib ko’zlarimizdagi zo’riqishni yashirishini oddiy misol bilan tushunishga harakat qilamiz. Oyog’ingizga kattaroq tosh tushdi va og’riqni his qildingiz. Agar toshni olib tashlasangiz og’riq sekinlik bilan yo’qoladi. Lekin (shunchaki tasavvur uchun) toshni olib tashlash o’rniga og’riq qoldiruvchi dori ichdingiz. Og’riq bir qancha vaqt yo’qoldi. Lekin vaqt o’tishi bilan og’riqni qoldirish uchun kuchliroq doriga ehtiyoj sezasiz.
Miyopiya to’g’risidagi batafsil kursni o’qib chiqqach balki anglarsiz, miyopiyaning kuchayishiga asosiy sabab bu uzoq masofa uchun mo’ljallangan ko’zoynaklarni yaqin masofa uchun ishlatishdir. Agar ko’zingiz -2.00 dan pastroq bo’lsa (matematik jihatdan yuqori deyish to’g’ri bo’ladi, ya’ni 0 ga yaqinroq, yanada qiyinroq qilib aytadigan bo’lsak absolyut qiymati kichikroq bo’lsa) va kitob, telefon, kompyuter uchun ko’zoynakka ehtiyoj sezmasangiz, undan ko’zoynak taqmang. Undan yuqori ko’zoynak taqadiganlar uchun esa keyingi maqolalarda qanday ko’zoynak taqish kerakligi haqida gaplashamiz.
Ikkinchi eng muhim vazifa: ko’zlardagi zo’riqishni kamaytirish
Bu ko’pchilikka qiyin bo’lishi mumkin, lekin uni o’tkazib yubormang chunki buning ahamiyati juda katta. To’xtovsiz siliar mushaklari siqilishi (spazmi)ni cheklashimiz kerak, hoziroq va har doim. Buni odatga aylantirishingiz shart.
Kompyuter va smartphone larda bu uchun maxsus dasturlar bor. Ular bo’lmasa klassik usulda oddiy taymer/soat ham ishlatishingiz mumkin. Har 20 daqiqada ushbu dasturlar yoki taymer ekrandan tanaffus olishingizni eslatadi. Yaqin masofada o’qiganingizda yoki ishlaganingizda (kitob o’qish, kompyuterda ishlash, telefon yoki planshetda vaqt o’tkazish) har 20 daqiqadan keyin 5 daqiqa tanaffuz qiling. Turib uzoqlarga qarang, imkon bo’lsa harakatlanuvchi obyektlarga, masalan qushlarga, daraxtlarning shoxlariga, bulutlarga qarang. Ko’zlarimiz uzoqdagi, harakatlanuvchi narasalarga qarashga moslashgan. Bu bilan ko’zlarimizdagi siliar mushaklari bo’shashadi, dam oladi.
Men Macbookda TimeOut degan app ni ishlataman.
Boshlanishida bu juda qiyin, lekin 2 hafta buni imkon qadar to’xtatmasi qilish zarur. Bugun ko’zlarimiz charchashga moslashib qolgan, miyamiz unga shunchaki parvo qilmaydi. Ushbu 20 daqiqalik tanaffuslarni odatga aylantirgach ko’zlaringiz charchoqni his qila boshlaydi, miyamizga bu haqida tushuntira oladi.
Har 20 daqiqada ko’zingizni dam oldirishga odatlanganingizdan so’ng, agar 20 daqiqa o’tgach dam olmasangiz ko’zingizda noqulaylikni his qila boshlaysiz. Bu tabiiy, ko’zning ishlash mixanizmi bo’lib, ko’zimiz zo’riqayotganligidan dolalat beruvchi muhim signaldir.
Hozircha ikki muhim vazifani odatga aylantiring — ertalabki 20 daqiqa ko’zoynaksiz mashq, va yaqindan o’qiganda/ishlaganda har 20 daqiqada 5 minut tanaffuz. Bularsiz keyingi vazifalarga o’tmang.