Ko’zlardagi zo’riqishni anglash

Nodir Nazarov
2 min readApr 21, 2024

--

Ko’zoynaklar og’riqni qoldiruvchi dorilarga o’xshaydi — tanangiz og’riq bilan aloqani to’xtatgani kabi ko’zlaringiz zo’riqish haqida ortiq o’ylamay qo’yadi. Tez orada buni tushinib yetasiz.

Eng birinchi qiladigan ishingiz ko’zlaringizni hozirgi holatini tushunish, undagi o’zgarishlarni qayd etib borish bo’ladi. Hozirgi kungacha barcha optikalarda ko’rishni tekshirish uchun ko’z jadvali (глазная диаграмма) ishlatiladi. Biz ham shunday ko’z jadvalidan foydalanamiz. Demak, birinchi vazifangiz quyidagi jadvalga o’xshash ko’z jadvalini sotib olish. Uni uy/ofis sharoitida printerdan chiqarsa bo’ladi, lekin tayyor yaxshi jadvalni sotib olishni tavsiya etaman — bu sizga uzoq muddat xizmat qiladi. Ko’z jadvallari odatda 6 metr yoki 3 metr masofadan tekshiriladi. Agar xonangiz 6 metr chiqmasa, 3 metrlik jadval ham bo’laveradi.

Ko’z jadvali

Sizning hozirgi ko’zoynagingiz sizga yetarlidan kuchliroq bo’lishi mumkin. Odatda optikada qorong’u xonada, jadvalning eng oxirgi qatorini tiniq o’qiy oladigan ko’zoynak retsepi beriladi. Ko’zlaringizni ertalab, yoruq xonada tekshirganingizda kechqurun, yorug’lik kamroq, ko’zlaringiz charchagan holatida tekshirganingizdagi farqni o’zingiz guvohi bo’lasiz.

Agar siz uzoq yillardan beri ko’zoynak taqib kelsangiz, ertalab turganingizdan birinchi qiladigan ishingiz ko’zoynaklaringizni taqish bo’lsa bilingki ko’zoynak sizning bir bo’lagingiz bo’lib qolgan. Ushbu halqani, ushbu odatni buzishimiz kerakki, ko’zimizdagi zo’riqishni anglay boshlaylik. Uzoq yillar davomida ko’zoynaklar bizni ko’zimizdagi zo’riqish, stressni yashirib kelgan, va biz buni shunchaki inkor qilib kelyapmiz.

Ikkinchi vazifangiz — ertalab turgach 20 daqiqa ko’zoynak taqmay ishlaringizni qilib ko’ring (ko’zoynak taqmasi mashina haydash yoki shunga o’xshash xavfli harakatlar bundan mustasno). Tishlaringizni yuvganda tish yuvish cho’tkasiga qarang, eshikni qirralari, piyola va har qanday narsaga e’tibor bilan qarang. Qanchalik xira ko’ryapsiz, uni his qiling. Ko’zlaringiz orqasidan nimadir itarib, yaxshiroq ko’rishga harakat qilayotgan bir tuyg’uni his qilishingiz mumkin, agar buni his qila olmasangiz ham zarari yo’q. Buni his etish kunlar, balki haftalar vaqt olishi mumkin. 20 daqiqadan so’ng ko’zoynagingizni taqing va ko’zlaringiz farqni his qilsin.

Yuqoridagi vazifalarni qilmaguningizcha keyingi maqolaga o’tmang.

Sign up to discover human stories that deepen your understanding of the world.

Free

Distraction-free reading. No ads.

Organize your knowledge with lists and highlights.

Tell your story. Find your audience.

Membership

Read member-only stories

Support writers you read most

Earn money for your writing

Listen to audio narrations

Read offline with the Medium app

--

--

Nodir Nazarov
Nodir Nazarov

No responses yet

Write a response