Ko’zlardagi zo’riqishlarni kamaytirish: yaqin masofa uchun ko’zoynak

Nodir Nazarov
4 min readMay 2, 2024

--

Ushbu maqolani o’qiyotganingizda sizda allaqachon har bir ko’z uchun cm va Snellen jadvali qatori bo’yicha o’lchamlar bo’lishi kerak. Agar hali ham ko’zlaringizni o’lchamagan bo’lsangiz, 1 hafta yoki juda bo’lmay ketganda 3 kun quyidagi ma’lumotlarni yig’ib keyin maqolani o’qishda davom eting:

  1. O’ng va chap ko’z uchun o’rtacha cm o’lchamlari
  2. Hozirgi ko’zoynagingiz bilan Snellen jadvalini qaysi qatorigacha o’qiy olishingiz
  3. Hozirgi ko’zoynagingizni dioptriyasi
  4. Kompyuter, telefon va kitobdan ko’zingizgacha bo’lgan masofa (cm hisobida)

Bu sizga juda ko’p ishdek tuyulayotgandir, lekin boshlanishida bunga ehtiyojingiz bor. Keyinchalik buni bir oyda bir qilishingiz yetarli bo’ladi.

Agar tajribalardan tushunib yetgan bo’lsangiz, ko’zoynak/linza qanchalik uzoq masofani ko’rishingizni belgilab beradi. Aytaylik sizning hozirgi ko’zoynagingiz kuchi -5.00D. Bu bilan eng uzoqdagi yozuvlarni o’qiy olasiz. Agar -4.00D lik ko’zoynak taqsangiz, endi sizning ko’rish masofangiz qisqaradi. Agar -3.50D lik ko’zoynak taqsangiz, aytaylik faqat kompyuteringizdagi yozuvlarnigina o’qiy olasiz, undan uzog’i xira ko’rinadi. Buni siz cm bilan o’lchaganingizda tushunib yetgandirsiz.

Optikada sizga eng uzoq, eng qorong’u holatga mo’ljallangan kuchli dioptriyalik ko’zoynak yozib berishadi. Lekin yaqinroq masofa uchun ham o’sha ko’zoynakni taqishingiz shartmi? Kuchsizroq ko’zoynak bilan yaqin masofani ko’ra olasizku axir.

Yaqin masofa uchun qanaqa dioptriyalik ko’zoynak tanlash kerak degan savolga javob berishdan oldin, boshqa savolga javob topaylik:

Hozir taqayotgan ko’zoynagingiz kuchi sizga qanchalik mos?

Buning javobi oson, agar Snellen ko’z jadvalingiz bo’lsa albatta. Ko’zoynagingizni taqib, Snellen jadvalidan o’qiy oladigan eng oxirgi qatoringiz qaysi? Agar qizil chiziq — 20/20 yoki undan yuqorigi qatorlar bo’lsa, ehtimol ko’zoynak olganingizga ancha bo’lgan. Agar qizil chiziqdan pastda bo’lsa demak bu ko’zoynak sizga yetarlidan ko’ra ortiqcha dioptriaga ega.

Avvalgi maqolalarda aytganimizdek, bu ko’rsatkichlar yorug’lik turiga, ko’zlaringiz qanchalik charchagani yoki dam olganiga qarab o’zgarib turadi. Shuning uchun ham tez-tez (ideal holatda kuniga 3 marta) cm va ko’z jadvali yordamida ko’zni o’lchab, yozib borish zarur. 1 oydan keyin ko’zingiz ko’rish masofasi 1 cm ga yaxshilangan bo’lsa ham bu siz uchun yaxshi natija, buni esa faqat va faqat ko’zni o’lchab, raqamlarni qayd qilib borish bilan bilish mumkin.

Ushbu maqolada faqat yaqin masofa uchun ko’zoynak tanlash mavzusini muhokama qilamiz, uzoq masofa uchun hozirgi ko’zoynagingizni taqib turavering, u haqida keyinroq yana gaplashamiz.

Keyingi muhim savol:

Yaqin masofa uchun ko’zoynak dioptriyasi qancha bo’lishi kerak?

Shuni yodda tuting: kompyuter/monitordan ko’zingizgacha bo’lgan masofa 50cm dan kam bo’lmasin, kitob yoki telefonga esa eng kamida 40cm masofada qarang.

  1. Agar -2.00 dioptriyadan past ko’zoynak taqsangiz, va 55–60cm masofadan ko’zoynaksiz o’qiy olsangiz, unda yaqin masofa uchun ko’zoynak ishlatmang.
  2. Agar ko’zoynaksiz yaqin masofadan o’qiy olmasangiz (ko’zingiz -1.50D dan yuqori bo’lsa) bu muammoning eng oson yechimi yaxshi optometrist bilan hal bo’ladi. Optikaga borasiz, menga 60 cm masofadan kompyuterni ko’rishim (yoki kitob o’qishim) uchun ko’zoynak yasab bering deysiz. Balki optometrist sizga g’alati qarar, tushunmas, talabingizni rad etar. Agar nima haqida gapirayotganingizni tushunmasa, 60 cm masofaga kompyuter, jurnal yoki biror o’qishlik narsa qo’ying, va xuddi uzoq masofa uchun ko’zingizni qanday o’lchagan bo’lsa, yaqin masofa uchun ham shunday o’lchasin. Aytaylik, hozirgi ko’zoynagingiz kuchi -5.00D. Optometrist taxminan -4.50D lik linza bilan ko’zingizni o’lchay boshlaydi. Agar astigmatizm (ko’zoynak ritseptidagi CYL raqami) -1.00dan kam bo’lsa, uni qo’shtirib o’tirmang. Agar sizda yuqori astigmatizm bo’lsa, unda taxminan quyidagi formula bilan aniqlaysiz:
    yaqin_masofa_dioptria = uzoq_masofa_dioptria — 1.50D + CYL/2
    Formula tushunarsiz ko’rinayotgan bo’lsa kerak, keling sodda qilib tushuntiraman. Aytaylik hozirgi ko’zoynagingiz retsepti SPH: -5.00D, CYL: -1.00D, AXIS: 175. Bu yerdagi SPH uzoq_masofa_dioptria ga to’g’ri keladi undan 1.5 ni ayirasiz (manfiy belgini inobatga olmay turamiz), keyin unga CYL dagi raqamni ikkiga bo’lib qo’shasiz. Shunda, yaqin uchun mo’ljallangan ko’zoynak SPH kuchi (CYL qo’shilmaydi) 5–1.5+1/2=-4.00D. Demak sizga SPH:-4.00D CYL: 0 AXIS:0 degan ko’zoynak yaqin masofa uchun kerak bo’ladi. Agar formula bilan chiqarilgan ko’zoynak kuchi hozirgi ko’zoynagingizdan ortiqcha yoki teng bo’lsa, bu formuladan foydalanmay turing. Kuchli astigmatizm uchun balki keyinroq gaplasharmiz.
  3. Agar optika bunga yordam bermasa, unda musbat (+) ko’zoynak sotadigan ixtiyoriy magazinga borib, hozirgi ko’zoynagingiz ustiga musbat ko’zoynakni qo’yib, yaqin masofa uchun kerakli ko’zoynak kuchini aniqlashingiz mumkin. Buning uchun siz hozirgi ko’zoynagingizni (agar kontakt linza taqqan bo’lsangiz u ham bo’laveradi) taqqan holda, uning ustiga +1.50D lik ko’zoyanak taqib 50–60cm masofadan biror nima o’qib ko’rishga harakat qiling. Biroz xira bo’lsa +1.25D yoki +1.00D lik boshqa ko’zoynak bilan almashtiring. Agar juda tiniq bo’lsa +1.75D lik ko’zoynak taqib ko’ring. Qaysi sizga mos tushsa, demak bilingki hozirgi ko’zoynagingiz kuchi bilan yaqin masofa uchun sizga kerak bo’ladigan ko’zoynak farqi shuncha bo’ladi. Misol uchun, siz SPH: -5.00D lik ko’zoynak taqasiz (astigmatizm -1.00dan kam), va uni ustiga +1.50D lik ko’zoynak qo’yganingizda ham yaqin masofani bemalol o’qiy olyapsiz (o’ta tiniq bo’lishi shart emas, o’qiy oladigan darajada juda oz miqdordagi xira bo’lishi maqsadga muvofiq). Ushbu holatda, sizga yaqin masofa uchun -5.00+1.50=-3.50D lik ko’zoynak kerak bo’ladi. Agar ikkala ko’zingiz ko’rish kuchi ikki xil bo’lsa, aytaylik o’ng ko’zingiz -5.50D, chap ko’zingiz -6.00D va siz +1.50D lik qo’shimcha ko’zoynak taqqan holda yaqindan o’qiy olaypsiz. Bu holda siz yaqin masofa uchun qiladigan ko’zoynagingiz: o’ng: -4.00D va chap: 4.50D bo’ladi. Ya’ni ikkala ko’zga ham bir xil miqdorda dioptirya kamaytiriladi.

Agar hozirgi taqayotgan ko’zoynagingiz o’lchamlarini bilmasangiz, optikada bir necha daqiqalarda tekshirib berishadi.

Yodda tuting: yaqin masofa va uzoq masofa uchun ko’zoynaklar farqi hammada har xil bo’lishi mumkin. Shuning uchun sodda qilib +1.50D qo’shing deb ayta olmayman. Turli dioptriya bilan o’zingizga eng mosini toping.

Juda qiyin mavzu, lekin bu ko’zlaringiz yomonlashishini to’xtatish uchun kerak bo’ladigan eng birinchi vazifa. Qo’shimcha ko’zoynak yasatish esa ortiqcha xarajat, lekin bu pulni ko’zlaringiz xiralashib yangi kuchliroq ko’zoynak yasatish uchun ham ishlatasiz-ku! Undan ko’ra ko’zlaringiz yaxshilanishi uchun ishlatganingiz to’g’ri emasmi?!

< Oldingi maqola | Kurs mundarijasi | > Keyingi maqolaga

Sign up to discover human stories that deepen your understanding of the world.

Free

Distraction-free reading. No ads.

Organize your knowledge with lists and highlights.

Tell your story. Find your audience.

Membership

Read member-only stories

Support writers you read most

Earn money for your writing

Listen to audio narrations

Read offline with the Medium app

--

--

Nodir Nazarov
Nodir Nazarov

No responses yet

Write a response